BYD kompaniyasi Seal 05 DM-i sedanini taqdim etdi. Yangi modelning narxi 12 200 AQSh dollaridan boshlanadi va u 2000 kmgacha boʻlgan yurish zaxirasiga ega. Bu haqda iXBT.com xabar bermoqda.
Seal 05 DM-i 1,5 litrli benzin dvigateli (100 ot kuch) va 163 ot kuchga ega elektromotordan iborat gibrid tizim bilan jihozlangan. U 3,9 l/100 km yoqilgʻi sarfiga ega boʻlib, toʻliq yonilgʻi va toʻliq zaryad bilan 2000 km masofani bosib oʻtadi.
Avtomobilning uzunligi 4780 mm, eni 1837 mm, balandligi 1515 mm, gʻildiraklar bazasi esa 2718 mm. U 7,68 kVt/soat va 15,898 kVt/soat sigʻimli litiy-temir-fosfatli Blade akkumulyatorlari bilan ta'minlanadi, bu esa mos ravishda 43 km va 90 km elektr yurish zaxirasini ta'minlaydi. Ushbu model BYD Ocean seriyasini kengaytirish maqsadida ishlab chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonada mas'uliyatsiz enaga jinoiy ish doirasida tergovga tortildi
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Politico 2025 yilning ehtimoliy voqealari roʻyxatini tuzdi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)
Amerika Qoʻshma Shtatlarida favqulodda holat e'lon qilindi
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Javohir Sindorov nufuzli turnir yarim finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi!
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi