10:28 / 09.01.2025
122

Xitoyda yangi BMW X3 ishlab chiqarila boshlandi: Evropa va AQShda bunday mashina boʻlmaydi

Xitoyda yangi BMW X3 ishlab chiqarila boshlandi: Evropa va AQShda bunday mashina boʻlmaydi
Xitoyning BMW Brilliance zavodida BMW X3 krossoverining yangi G48 kuzovidagi modeli seriy ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu versiya Xitoy bozori uchun maxsus yaratilgan boʻlib, Evropa va AQShda sotuvga chiqmaydi, deb xabar beradi Autohome.

Xitoyda ishlab chiqarilayotgan BMW X3 oʻzining uzunroq versiyasi bilan ajralib turadi. Mashinaning uzunligi 4865 mm, kengligi 1920 mm, gʻildirak bazasi esa 2975 mm ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlar uni standart BMW X3 ga nisbatan 110 mm ga uzunroq qiladi va uning gʻildirak bazasi BMW X5 bilan bir xildir.

Hozirda Xitoy bozori uchun faqat bitta variant — 2,0 litrli benzin dvigateliga (287 ot kuchiga ega) va 8 bosqichli avtomat uzatmalar qutisiga ega BMW X3 30Li taqdim etilgan. Kelajakda modellar qatorining kengayishi kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto