23:06 / 12.01.2025
30

Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
© Oʻzbekiston din ishlari boʻyicha qoʻmita
Oʻzbekiston delegatsiyasi haj vaziri bilan ziyoratchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi deya xabar berdi Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot xizmati.

Jidda shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati oʻrtasida muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, “Haj” va “Umra” ishlari boʻyicha attashe Shuhrat Amoniy ishtirokida oʻzaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada tashkil etish muhokama qilindi.

© Oʻzbekiston din ishlari boʻyicha qoʻmita
Tavfiq bin Favzon ar-Rabia soʻzining davomida Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni e'tirof etish barobarida zaminimizdan nafaqat islom ulamolari, balki dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qoʻshgan Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi buyuk mutafakkirlar, ilm-fan namoyondalari etishib chiqqani va yurtdagi bugungi oʻzgarishlar yana mana shunday allomalar chiqishiga poydevor boʻlishini ta'kidladi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda haj va umra safarlari yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, tashkiliy tadbirlar, huquqiy asoslar, raqamlashtirish jarayonlari va oʻzbekistonlik ziyoratchilarning tartib-intizomi Saudiya tomonidan yuqori baholandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo