date
views 639

BYD dengiz floti kengaymoqda: yangi kema bir vaqtda 7000 avto tashishi mumkin

BYD dengiz floti kengaymoqda: yangi kema bir vaqtda 7000 avto tashishi mumkin
BYD kompaniyasining 7000 avtomobil tashishga moʻljallangan uchinchi ro-ro turidagi kemasi — Hefei faoliyat boshladi. Kelgusi yil boshigacha kompaniya oʻz flotiga yana sakkizta shunday kema qoʻshishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi ixbt.com.

Ro-ro kemalari transport vositalarini maxsus rampalar orqali yuklash va tushirish uchun ishlatiladi. Hefei kemasining uzunligi 199,9 metr, kengligi 38 metr, va tezligi soatiga 34 km ni tashkil qiladi. Bu kema BYD tomonidan shaharlardan biri nomi bilan atalgan ilk loyihadir.

2024 yilda BYD jahon bozoriga 417 204 ta elektromobil eksport qildi, bu 2023 yilga nisbatan 71,9% koʻpdir. Kompaniya dunyoning turli hududlarida 4,25 million yengil avtomobil sotgan boʻlib, eksport ulushi 10% ni tashkil qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BYD dengiz floti kengaymoqda: yangi kema bir vaqtda 7000 avto tashishi mumkin