
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida avtotransport vositasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 10 yanvar kuni soat 10:30 larda sodir boʻlgan. Yangiyoʻl tumani xududidan oʻtuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yoʻlida harakatlanib ketayotgan 34 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Mazda 6” rusumli mashinada yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin oqibatida harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon etmagan. Faqat transport vositasi texnik shikastlangan va uning saloni hamda dvigateli yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Yangiyoʻl tumani FVV tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar