date
views 1 348

«Energetik BGU» murabbiyi "Lans" Husanovni qanday "ilib ketgani"ni aytib berdi

«Energetik BGU» murabbiyi "Lans" Husanovni qanday "ilib ketgani"ni aytib berdi
Abduqodir Husanovning «Energetik BGU»dagi ustozi Aleksey Merkulov futbolchiga «Lans»dan boshqa yana qaysi jamoalar qiziqish boʻlganini aytib berdi.

«Tabiiyki, 2023 yil davomida, u «Lans»ga ketguniga qadar, Husanov uchun takliflar juda koʻp edi. Rossiyaning barcha top-klublari Husanovni oʻz saflarida koʻrishni istaganini aytishning oʻzi kifoya. Shu oʻrinda futbolchining atrofidagilar meni hayratga solishdi. Ularning aniq maqsadi bor edi, ular futbolchini TOP-5 chempionatga olib borishni maqsad qilishgandi. Ular sabr qilishdi va oʻz maqsadlariga etishdi.

Bilishimcha, «Sevilya», «Nyukasl» va «Lans»dan aniq takliflar boʻlgan. Biroq «Lans» futbolchini koʻproq istadi va chaqqonroq harakat qilib, Husanovni ilib ketdi
», — deb fikr bildirdi Husanovning «Energetik BGU»dagi murabbiyi.

Manba: championat.com
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Energetik BGU» murabbiyi "Lans" Husanovni qanday "ilib ketgani"ni aytib berdi