
Rossiyaning mashhur murabbiylaridan biri Yuriy Syomin Abduqodir Husanovning transferi haqida fikr bildirdi.
«Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga transferi meni hayron qoldirdi. Eng gʻalatisi qanday qilib, shunday iqtidor sohibini RPL jamoalarining hech biri koʻra bilmadi. U Oʻzbekiston va Belarusda oʻynagan. Bu mamlakatlar futboli biz uchun juda yaqin edi.
U «Man Siti»ga 50 million yevroga oʻtmoqda. «Lans» esa uni atigi 100 mingga sotib olgandi. Qarang frantsuzlar bittagina transferdan qancha ishlab olishdi. Shu oʻrinda bitta savol tugʻiladi. Rossiya jamoalarining skautlari nimalar qilmoqda? Axir ular birinchi boʻlib, shunday futbolchilarni koʻrishlari kerakku», — deb fikr bildirdi Yuriy Syomin.
Manba: championat.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar