“Manchester Siti” oʻtgan yil oxiridagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilishni boshlab yubordi, deb yozmoqda Sports.uz nashri.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, “shaharliklar” yanvar oyida uchta katta transferni maqsad qilgan va rejasini birin-ketin amalga oshirmoqda. Xususan, 2025 yilning birinchi transferi “Lans” vakili Abduqodir Husanov boʻldi.
Manchesterliklar oʻzbek futbolchisi transferini 50 million yevroga hal qilganidan keyin “Ayntraxt” hujumchisi Umar Marmushga e'tibor qaratdi. Misrlik forvard masalasi ham tez kunlarda hal boʻlishi oydinlashib qoldi.
Angliyaning amaldagi chempioni oy oxiriga qadar Abduqodir Husanovga raqobatchi olib keladi. Ayni paytda klub mutasaddilari “Palmeyras”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Vitor Reys transferi boʻyicha ishlamoqda. Agar angliyaliklar Braziliya klubi bilan kelishuvga erishsa, Reys yozda Manchesterga koʻchib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Lans" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov kamgap, ammo kuchli futbolchi"
Abduqodir Husanovning transferi qachon e'lon qilinadi?
Fayzullayev va SSKA klubi Oʻzbekistonning kuchli jamoasiga qarshi oʻynaydi
Abduqodir Husanovdan keyin “Manchester Siti” yana bir transferni uddaladi
Husanov transferidan keyin “Siti”ning asosiy himoyachisi nega jamoani tark etyapti?
«Energetik BGU» murabbiyi "Lans" Husanovni qanday "ilib ketgani"ni aytib berdi
Oʻzbek bokschisi ishtirokidagi toʻqnashuv "yil jangi" boʻldi
Angliya kubogi. "Manchester Siti" raqib jamoa darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi!