
Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi finali 12 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” va “Real” o‘zaro to‘qnash keldi.
5-daqiqada Mbappe hisobni ochdi. Ushbu golga “Barsa” Yamal, Levandovski, Rafinya va Baldening gollari bilan javob berdi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Rodrigo tomonidan kiritilgan gol uchrashuv 2:5 hisobida Kataloniya klubi foydasiga yakunlanishini ta’minladi. Azaliy raqibini mag‘lub etgan jamoa Flik qo‘l ostida ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
56-daqiqada Shesni birga-bir vaziyatda Mbappeni to‘xtatib qolgani uchun maydondan chetlatilganini alohida ta’kidlash zarur.
Shu tariqa “Barselona” 15-bor Ispaniya superkubogi sohibiga aylanib, eng yaqin ta’qibchisi “Real” (13) bilan farqni 2 taga oshirdi.
Real Madrid – Barselona 2:5
13 yanvar, 00:00 | "King Abdullah Sports City"
Gollar: 1:0 – 5 Mbappe, 1:1 - 22 Yamal, 1:2 - 36-pen Levandovski, 1:3 - 39 Rafinya, 1:4 - 45+10 - Balde, 1:5 – 48 Rafinya, 2:5 – 60 Rodrigo.
Real Madrid – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 75), Ryudiger, Tchuameni (Modrich, 64), Vaskes (Asensio, 52), Kamavinga (Sebalos, 46), Valverde, Bellingem, Vinisius Junior (Braim Dias, 76), Rodrigo, Mbappe.
Barselona – Shchensni, Balde, Martines (Arauxo, 28), Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado, Gavi (Penya, 59), Rafinya (Ferran Torres, 79), Levandovski, Yamal (Olmo, 59).
Ogohlantirish: Kamavinga (35), Martines (45+8), Ryudiger (53), Vinisius Junior (55), Tchuameni (62), Asensio (77), Levandovski (77), Arauxo (87), Rafinya (89).
Chetlatish: Shchensni (56). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar