12:25 / 04.01.2025
118

Tesla ortda qolmoqda: BYD oʻz tarixidagi eng katta natijalarni qayd etdi!

Tesla ortda qolmoqda: BYD oʻz tarixidagi eng katta natijalarni qayd etdi!
BYD kompaniyasi Tesla’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi. 2024 yilda xitoylik gigant 1 777 965 ta elektromobil ishlab chiqarib, Tesla’dan 4 500 ta koʻp natija qayd etdi. Tesla esa 2024 yilni 1 774 442 ta mashina bilan yakunladi.

Bir necha yillar davomida bozorda etakchi boʻlgan Tesla oʻz pozitsiyasini yoʻqotdi. BYD kompaniyasi 2024 yilning 4-choragida 150 000 ta koʻproq avtomobil ishlab chiqarib, yangi liderga aylandi.

Bir paytlar faqat Xitoy bozorida mashhur boʻlgan BYD kompaniyasi jahon miqyosida ulkan yutuqlarga erishmoqda. Kompaniya ichki yonuv dvigatelli mashinalardan «yangi energiyali avtomobillarga» muvaffaqiyatli oʻtdi va Tesla uchun jiddiy raqobatchiga aylandi.

Manba: Analitik markaz @iStatist

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto