00:50 / 13.01.2025
20

Angliyada Abduqodir Husanovga qanday "laqab" berishdi?

Angliyada Abduqodir Husanovga qanday "laqab" berishdi?
“Manchester Siti” Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan kelishuvga erishgani va transferni 50 million yevro evaziga amalga oshirishi ma'qul qilinganidan keyin Angliya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar Xosep Gvardiolaning yangi shogirdi haqida turli ma'lumotlarni aniqlab, muxlislar e'tiboriga havola eta boshladi.

Xususan, mashhur nashrlardan biri The Sun oʻzining thesun.co.uk saytida Abduqodir Husanov haqida juda qiziqarli faktlarni keltirdi.

- Tanishing – “Manchester Siti”ga “Lans”dan oʻtgan, 33 million funt sterlingdan qimmatroq baholangan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov olimpiya chempionlaridek tez yugura oladi va jisomniy quvvati boʻyicha haqiqiy “Tank”.

Premer liga chempionlari iste'dodli yosh oʻyinchini yanvar oyidayoq olish uchun 33,6 million funt sterling miqdorida xarajat qilishiga toʻgʻri keldi.

Abduqodir Husanov qisqa muddatda Fransiya chempionatining eng zoʻr himoyachilari safiga qoʻshila oldi.

Oʻzbek futbolchisining uchrashuvlarda hozirgacha qayd etgan maksimal tezligi soatigi 37 kilometrni tashkil qiladi va u bu temp boʻyicha koʻpkarra jahon va olimpiada chempioni Useyn Boltning 100 metrga koʻrsatgan umumiy tezligi bilan bellasha oladi.

Yamaykalik sprinter Useyn Bolt 2009 yili yengil atletika boʻyicha jahon chempionati doirasida 100 metrga yugurishda oʻrtacha 37,58 kilometr tezlik koʻrsatib, bu masofani 9,58 soniyada yugurib oʻtgan edi. Masofani bosib oʻtishda Bolt maksimal tezligini soatiga 43,99 kilometrga koʻtara olgani uning jahon rekordini oʻrnatishiga sabab boʻldi.

Hozirgacha Angliya Premer-ligasining 2023-3024 yilgi mavsumida bu tezlikni faqat bir futbolchi – “Tottenxem” himoyachisi Mikki van de Ven qayd etgan. Himoyachi ikkita uchrashuvda soatigi 37,38 va 37,23 kilometr tezlikda yugurdi.

“Etixad” yangi yulduzi qanday oʻyinchi?

Birinchi navbatda, Pep Gvardiola haqiqiy himoyachiga ega boʻldi. 20 yoshli Abduqodir himoya chizigʻidagi vazifalariga ijodiy yondashib oʻynaydi. Uning Fransiya chempionatidagi himoyaviy xarakteristikasi 94 foizni tashkil qilmoqda.

Husanov jismonan baquvvat, sport tana tuzilishiga ega, kuchli va tezkor futbolchi, - deb yozmoqda thesun.co.uk sayti sport sharhlovchisi Joshua Jons.

“Manchester Siti”ning yangi futbolchisiga aylanayotgan Abduqodir Husanov futbolning dastlabki sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida oʻrgangan.

Leginonerimiz professional faoliyatini 2022 yili Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshladi. Bu jamoada bir yil davomida 37 ta uchrashuv oʻtkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, toʻrttadan gol va assist muallifi boʻldi.

2023 yilning 24 iyul kuni yosh himoyachi Fransiyaning oʻsha paytdagi vitse-chempioni “Lans”ga borib qoʻshildi. Lansliklar tarkibida Abduqodir hozirgacha 31 ta uchrashuvda ishtirok etdi va yaqinda birinchi assistini amalga oshirdi.

20 yoshli futbolchi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 18 marotaba maydonga tushgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport