Foto: South China Morning Post
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol oʻz xavfsizligi uchun xavotirdaligi sababli Konstitutsiyaviy sud tomonidan impichment ishi boʻyicha birinchi rasmiy muhokamada ishtirok etmaydi. Bu haqda Koreya etakchisining advokati Yun Gapgen ma'lum qildi.
“Yunni hibsga olish uchun noqonuniy va haqiqiy boʻlmagan orderni bajarishga urinishlar davom etayotgan bir paytda, biz prezidentning shaxsiy xavfsizligi va unga qarshi ehtimol tutilgan provokatsiyalardan xavotirdamiz”, dedi advokat.
U davlat rahbari sud majlislarida ishtirok etishi uchun uning shaxsiy xavfsizligi ta'minlanishi zarurligini bildirdi. Yun advokatlari ta'kidlashicha, prezident mamlakatda harbiy holat e'lon qilinishi bilan bogʻliq vaziyatda oʻz nuqtai nazarini va qarorlarini asoslash uchun qulay vaqtda impichment ishi boʻyicha sud jarayoniga boradi.
Konstitutsiyaviy sud 14 yanvar kuni prezident impichmenti boʻyicha sud jarayonida ogʻzaki munozaralarni boshlashni va 4 fevralga qadar beshta eshituvni oʻtkazishni rejalashtirgan. Agar Yun sud majlisiga kelmasa, sud majlisni toʻxtatishi va 16 yanvar kuni ikkinchi sud muhokamasini e'lon qilishi kerak boʻladi.
Koreyada ilk bor amaldagi prezident hibsga olinadi
Seulning Gʻarbiy okrug sudi 31 dekabr kuni prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order berdi. Bunga lavozimidan chetlatilgan prezident qoʻzgʻolonga rahbarlik qilish va hokimiyatni suiiste'mol qilishda ayblanib, uch marta soʻroqqa kelmagani sabab boʻldi. Bu Janubiy Koreya tarixida amaldagi davlat rahbariga hibsga olish uchun order berilgan birinchi holatdir. Yonhap xabariga koʻra, tintuv uchun order ham berilgan.
Prezident harbiy holat joriy etishga uringani uchun hokimiyatdan chetlashtirilgandi
Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatdi. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy muxoliflarga qarshi kurashish maqsadida e'lon qilingan harbiy holat sabab boʻldi. Yunning qarori jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi, parlament harbiy holatni tezda bekor qilishga muvaffaq boʻldi.
Prezident vazifasini bajaruvchi dastlab mamlakat bosh vaziri Xan Dok Su boʻldi. Biroq 27 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti uni ham hokimiyatdan chetlatishga ovoz berdi. Prezident vazifasini bajaruvchi lavozimida uning oʻrnini bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxve San Mok egalladi. U barqarorlikni tiklash uning siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanini bildirdi.
Janubiy Koreyada harbiy holat e'lon qilinishiga aloqador boʻlgan bir necha amaldorlar, jumladan, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va bir necha yuqori martabali harbiy razvedka xodimlari hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi
Polsha Ukrainaga qoʻshinlar yuborishdan bosh tortdi