Oʻzbek bokschisi ishtirokidagi toʻqnashuv "yil jangi" boʻldi

Oʻzbek bokschisi ishtirokidagi toʻqnashuv "yil jangi" boʻldi
Nufuzli The Ring jurnali bir nechta nominatsiya boʻyicha 2024 yilning eng yaxshilarini aniqladi.

E'tiborlisi, yarimengil vazn toifasidagi bokschimiz Otabek Xolmatovning WBA kamari uchun amerikalik Raymond Fordga qarshi oʻtkazgan bahsi "Yilning eng yaxshi jangi" nominatsiyasida gʻoliblikka sazovor boʻldi.

Yodingizda boʻlsa, oʻsha jangda Raymond Ford hamyurtimizni 12-raundning soʻnggi soniyalarida texnik nokaut evaziga magʻlub etgandi.

Alam qiladigan jihati shundaki, referi tomonidan jang toʻxtatilguniga qadar Otabek Xolmatov ochkolar hisobiga koʻra oldinda borayotgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar