Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi SSKA qishki ta'tildan keyin Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ilk oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazadi.
“Armiyachilar” klubi rasmiy sayti jamoa 13-23 yanvarga belgilangan ilk yigʻinda tiklanish mashgʻulotlaridan tashqari ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishini ma'lum qildi.
Bu bahslar Oʻzbekiston Superligasi vakili OKMK va Qozogʻiston Premer-ligasi ishtirokchisi “Ordabasi”ga qarshi oʻtkaziladi. Jumladan, "armiyachilar" olmaliqliklar bilan 19 yanvar kuni bellashadi. Qozogʻiston klubiga qarshi bahs esa 23 yanvarga belgilandi.
Serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich bosh murabbiylik qilayotgan SSKA chempionatning birinchi qismi yakunlariga koʻra 30 ochko toʻplagan holda musobaqa jadvalining oltinchi oʻrnida bormoqda.
Jamoa etakchilaridan Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va oltita assist muallifi boʻldi.
Ma'lumot uchun, SSKAning boʻlajak raqibi – OKMK futbolchilari 2024 yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz tarixida ilk bor kumush medalga ega chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transferi qachon e'lon qilinadi?
Abduqodir Husanovdan keyin “Manchester Siti” yana bir transferni uddaladi
Husanov transferidan keyin “Siti”ning asosiy himoyachisi nega jamoani tark etyapti?
«Energetik BGU» murabbiyi "Lans" Husanovni qanday "ilib ketgani"ni aytib berdi
Oʻzbek bokschisi ishtirokidagi toʻqnashuv "yil jangi" boʻldi
Angliya kubogi. "Manchester Siti" raqib jamoa darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi!
Rossiyalik mashhur murabbiy Husanovning «Manchester Siti»ga transferidan hayratini yashira olmadi
Abduqodir Husanov transferi: dunyoning eng zoʻr murabbiyini qutqarish oʻzbek yigiti zimmasiga tushmoqda