14:52 / 07.01.2025
331

Chevrolet arzon Optra sedanini yana ishlab chiqarishni boshladi!

Chevrolet arzon Optra sedanini yana ishlab chiqarishni boshladi!
General Motors kompaniyasi Misrdagi zavodida Chevrolet Optra 2025 model yilidagi sedanini ishlab chiqarishni qayta yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Carsweek.ru xabar bermoqda.

2024 yilning kuzida Misrdagi Chevrolet zavodi Optra modeli avvalgi avlodini ishlab chiqarishni toʻxtatgan edi. Endi esa yangilangan sedan konveyerga qaytdi. Ishlab chiqarishning boshlanishi munosabati bilan GM Egypt va Shimoliy Afrika yuqori menejerlari ishtirokida tantanali marosim oʻtkazildi.

Chevrolet Optra 2025 modeli 310C platformasida qurilgan boʻlib, ushbu arxitekturaga Chevrolet Aveo (Meksika bozori uchun) va Sail (Janubiy Amerika bozori uchun) modellari ham asoslangan. Yangi Optra SAIC-GM-Wuling qoʻshma korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, kerakli avtomobil qismlari etkazib beriladi.

Birinchi ishlab chiqarilgan sedan qizil rangda boʻlib, Premier maksimal jihozlanish darajasida edi. Yangi model yaqin haftalarda Misr bozoriga chiqishi, shuningdek, Shimoliy Afrika mamlakatlarida ham sotilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto