“Manchester Siti” qishki transferlar davrida faollik koʻrsatishda davom etmoqda. Klub mutasaddilari “Lans”dan olinayotgan Abduqodir Husanovning transferini ijobiy hal qilganidan keyin ikkinchi nishon – Umar Marmushga oʻtdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, misrlik forvard transferi boʻyicha “Manchester Siti” va “Ayntraxt” oʻrtasidagi muzokaralar hal qiluvchi yakuniy bosqichda. Tomonlar kelishuvni yangi haftada imzolaydigan boʻlyapti.
Manbaga koʻra, 25 yoshli toʻpurar “shaharliklar” bilan shaxsiy shartnoma boʻyicha kelishuvga erishib boʻlgan.
Xosep Gvardiola misrlik forvard yozda “Atletiko”ga oʻtib ketgan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresning oʻrnini toʻldirishiga ishonmoqda.
Umar Marmushning oʻzi Bundesligada gol urishni davom ettiryapti. Chempionatning 16-turida uning yagona goli jamoasiga “Sankt-Pauli” ustidan gʻalaba keltirdi. 2025 yilda ilk toʻpini kiritgan hujumchi joriy chempionatdagi 16-oʻyinida gollari sonini 14 taga etkazib oldi. Uning hisobida sakkizta assist ham bor.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transferi qachon e'lon qilinadi?
Fayzullayev va SSKA klubi Oʻzbekistonning kuchli jamoasiga qarshi oʻynaydi
Husanov transferidan keyin “Siti”ning asosiy himoyachisi nega jamoani tark etyapti?
«Energetik BGU» murabbiyi "Lans" Husanovni qanday "ilib ketgani"ni aytib berdi
Oʻzbek bokschisi ishtirokidagi toʻqnashuv "yil jangi" boʻldi
Angliya kubogi. "Manchester Siti" raqib jamoa darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi!
Rossiyalik mashhur murabbiy Husanovning «Manchester Siti»ga transferidan hayratini yashira olmadi
Abduqodir Husanov transferi: dunyoning eng zoʻr murabbiyini qutqarish oʻzbek yigiti zimmasiga tushmoqda