00:42 / 13.01.2025
13

"Paxtakor" braziliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi

"Paxtakor" braziliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi navbatdagi legioner futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

"Jonatan Lukka "Paxtakor"ning navbatdagi legioneri. 1994 yil Braziliyada tavallud topgan tayanch yarim himoyachi Portugaliya yuqori ligasidan Oʻzbekiston chempionatiga keldi.

Futbolchi Portugaliya Primeyra ligasida jami 67 ta oʻyin oʻtkazgan. Ikkinchi Primeyrada esa 54 ta. U ertangi mashgʻulotlardan jamoamiz safiga qoʻshiladi. Bugun u bilan 2025 yilning soʻngiga qadar moʻljallangan bir yillik shartnomaga imzo chekildi.

Klubimiz raisining homiyligida safimizga tajribali futbolchilarni jalb qilishda davom etyapmiz. Aytib oʻtganimizdek, endigi navbat legionerlarga. Jonatan Pedru Moreyra bilan ishlagan. Shuning uchun bosh murabbiy uning xizmatidan foydalanishga qaror qildi.

Maqsad u orqali tarkibdagi aksar yosh futbolchilarga maydonda bilim berish. Bugungi oʻyin ham "Paxtakor" toʻgʻri yoʻlda ekanligini koʻrsatdi deb oʻylayman
", - deydi Dilshod Karimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport