
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 22 yanvar kuni yurak xurujini boshidan kechirib, shifoxonaga joylashtirilgan edi.
24 yanvar kuni o‘tkazilgan muolajalardan so‘ng aktrisaning ahvoli og‘irlashdi. Shundan so‘ng Xoliqova Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limidan Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazildi.
Bu orada ijod ahli, xususan, muxlislar o‘rtasida xavortir yanada kuchaydi. Kechadan boshlab o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga Muqaddas Xoliqovaning suratini joylashtirib, unga sog‘lik tilashmoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso ma’lum qilishicha aktrisaning ahvoli ancha yaxshi, ko‘rsatilayotgan muolajalar va davo choralari o‘z samarasini berib, aktrisaning solamatligi sekin-asta tiklanmoqda. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, operasiya yaxshi o‘tib, xavf ortda qolgan. Biroq aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar berilmayapti
Muqaddas Xoliqovaning qizi esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli ancha yaxshiligini ma’lum qilib, qo‘llab-quvvatlagan, duoda bo‘layotgan muxlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan va salomatlik tilayotganganlarning gaplarini onasiga etkazganini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar