Alisher Uzoqovning ko'ziga yosh kelishiga sabab bo'lgan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekistonlik aktyor Alisher Uzoqov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. San’atkor ushbu yuksak e’tirofdan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi.
Aktyorning ta’kidlashicha, mukofotni qabul qilayotgan paytda bolalik yillari va ijodiy faoliyati davomida bosib o‘tgan yo‘li ko‘z oldidan o‘tgan. U ushbu lahzalar hayajon va chuqur hissiyotlarga boy bo‘lganini aytdi.
“To‘g‘risi, bugun kun bo‘yi hayajonda bo‘ldim. Mukofotni qo‘lga olayotganimda ko‘z oldimdan bolaligim va butun ijodiy yo‘limdagi mehnatlarim o‘tdi. Ko‘zda yosh qalqidi”, — deb yozdi Alisher Uzoqov.

San’atkor Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan ushbu mukofot uning zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshirganini ta’kidladi. Shuningdek, u ota-onasi, ustozlari, teatr va kino sohasidagi hamkasblari, rejissyorlar hamda ijodiy hamkorlariga minnatdorlik bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!