So‘nggi ikki kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning vafot etgani borasidagi xabarlar tarqalmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Xususan, Telegram mesenjerida xonandaning o‘g‘li Shohjahon Jo‘raevning noma’lum shaxs bilan yozishmasi aks etgan surat paydo bo‘ldi. Unda Shoxjahon Jo‘raev nomiga ochilgan sahifa tomonidan Sherali Jo‘raevning vafot etgani, ammo bu haqda hali xalqqa oshkor qilinmagani yoziladi.
Biz ushbu shum xabarning yolg‘on ekaniga umid qilib, Sherali Jo‘raevning ijodiy jamoasi bilan bog‘landik.
“Bu mish-mish. Hofiz salomatlar. Halqimizdan turli yolg‘onlarga ishonmasliklarini so‘ragan bo‘lardik”, deydi Sherali Jo‘raevning ma’muri.
Suratga e’tibor bilan qaralsa, sahifaga Shohjahon Jo‘raev ismi yozilgani bilan bu sahifa soxtaligini bilish qiyin emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi