date

Xitoyning Jiuzhang 4.0 kvant kompyuteri rekord o‘rnatdi

Xitoyning Jiuzhang 4.0 kvant kompyuteri rekord o‘rnatdi

Xitoy Fan va texnologiyalar universiteti olimlari yangi avlod Jiuzhang 4.0 fotonli kvant kompyuterini taqdim etdi. South China Morning Post nashrining xabar berishicha, ushbu tizim murakkab hisoblash vazifalarini mavjud superkompyuterlardan ko‘ra tezroq bajarishga qodir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qurilma Gauss bozonli tanlash vazifasini atigi 25 mikrosekundda yakunladi. Taqqoslash uchun, dunyodagi eng kuchli superkompyuterlardan biri hisoblangan El Capitan ushbu hisob-kitobni amalga oshirish uchun milliardlab yillar sarflagan bo‘lardi.

Jiuzhang 4.0 tizimi 3050 tagacha fotonning kvant holatlarini boshqarish imkoniyatiga ega. Bu ko‘rsatkich avvalgi tajribalarga qaraganda o‘n barobar yuqoridir. Shuningdek, tizimning foton manbai samaradorligi 92 foizni, umumiy platforma samaradorligi esa 51 foizni tashkil etadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Jiuzhang 4.0 universal kompyuter emas, balki tor doiradagi maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan qurilmadir. Xitoylik olimlar fotonli texnologiyalarni kvant hisoblashlar sohasida eng istiqbolli yo‘nalish deb hisoblaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoyning Jiuzhang 4.0 kvant kompyuteri rekord o‘rnatdi