iQOO 15T smartfoni: 8000 mA·soat sigʻimli akkumulyator va 200 MP kamera

iQOO kompaniyasi 20-may kuni Xitoyda taqdim etiladigan yangi iQOO 15T smartfoni haqida rasmiy maʼlumotlarni oshkor qildi. Qurilmaning eng asosiy jihati — 8000 mA·soat sigʻimga ega ulkan akkumulyator boʻlib, u zamonaviy flagmanlar orasida eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Smartfon 100 W quvvatli tezkor zaryadlash va oʻyin vaqtida qizib ketishning oldini oluvchi Global Direct Drive Power Supply 2.0 texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kameraga alohida eʼtibor qaratilgan: qurilma 200 megapikselli yirik sensor bilan jihozlangan. iQOO flagmanlari tarixida ilk bor CIPA 4.5 darajasidagi professional stabilizatsiya tizimi joriy etildi. Shuningdek, 4 karrali sifat yoʻqotilmaydigan zum, portret rejimi va sunʼiy intellekt yordamida tasvirni qayta ishlash imkoniyatlari mavjud. Qoʻshimcha tarzda 50 MP ultra keng burchakli kamera va 16 MP old kamera oʻrnatilgan.
Smartfon 6,82 dyuymli, 2K aniqligidagi va 144 Hz yangilanish tezligiga ega tekis ekran bilan taʼminlangan. Uning ishlashiga Dimensity 9500 Monster Edition chipi javob beradi. Maxsus Q3 oʻyin protsessori esa nurlarni kuzatish (ray tracing) va 2K formatida 144 kadr/s tezlikda oʻyin oʻynash imkonini beradi. Qurilma Android 16 bazasidagi OriginOS 6 operatsion tizimida ishlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!