
Xonanda Ziyoda ikkinchi marta ona bo‘ldi. Bu haqda aktrisa Rayhon Ulasenova Instagram’dagi sahifasida tabriknoma qoldirgan.
“Yana bir o‘g‘il farzand muborak! Umri bilan bergan bo‘lsin!”, — deb yozgan Rayhon Ulasenova o‘z tabriknomasida.
Ma’lum bo‘lishicha, Ziyoda bugun, 11-mart kuni tongda Toshkentdagi 6-tug‘uruqxonada ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan.
Ziyodaning to‘ng‘ich o‘g‘li ismi Kamron bo‘lib, u 2013-yil oktyabrida tug‘ilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar