Foto: Global Times
Rossiyaning tabiiy gaz eksporti yanvar oyidan beri chorakdan ko‘proqqa kamaydi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Eksport kamayganiga qaramay, o‘sib borayotgan narxlar tufayli Rossiya g‘aznasi to‘lishda davom etmoqda.
2022 yilning birinchi besh oyida Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropaning 11 davlatini o‘z ichiga olgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dan tashqari davlatlarga Rossiyaning gaz eksporti deyarli 28 foizga qisqardi.
Hozirgacha «Gazprom» Yevropaning oltita davlati – Polsha, Bolgariya, Finlyandiya, Daniya, Germaniya va Gollandiyaga yillik gaz yetkazib berishning kamida 20 mlrd kub metri uchun to‘lovni rublda amalga oshirmagani uchun to‘xtatgan.
Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu Yevropa Ittifoqining Rossiyadan yillik umumiy gaz importining qariyb 13 foizini tashkil qiladi.
Gaz narxi o‘tgan yilga nisbatan bir megavatt soatiga o‘rtacha 96 yevroga (102 dollar) ko‘tarilgan.
- Rossiya keyingi sanksiyalar amalga oshirilmaguncha sezilarli darajada kam daromad ko‘rishi dargumon, — dedi EMЕA gaz tahlili bo‘limi rahbari Jeyms Xakstepp.
Avvalroq Rossiya endilikda Yevropa va AQSHga gazni faqatgina rublda sotishi haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng «Gazprom» mijozlarga muammoni hal qilishni taklif qildi.
Xaridorlar Rossiyaning «Gazprombank»idagi hisob raqamiga yevro yoki dollar to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin, bu orqali pul mablag‘larini rublga aylantirib, Rossiyaga to‘lov amalga oshiriladigan ikkinchi hisob raqamiga o‘tkazishi mumkin edi.
Ko‘plab yirik mijozlar «Gazprom»ning gaz oqimini saqlab qolish taklifini qabul qildi. Ammo boshqa davlatlar bunga qarshilik ko‘rsatdi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qaramligini kamaytirish uchun tezlikda harakat qilmoqda, suyultirilgan gaz (LNG) importini ko‘paytirmoqda va yil oxirigacha Rossiya gazi iste’molini 66 foizga qisqartirishga va’da bermoqda.
Mamlakatlar potensial halokatli ta’minot zarbalarining oldini olish uchun o‘zlarining gaz omborlarini qish oldidan to‘ldirish uchun kurashmoqda. Ittifoq a’zo davlatlarning yerosti omborlarini noyabr oyiga qadar kamida 80 foizga to‘ldirishni maqsad qilgan.
Ittifoqning eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Germaniya uylari va og‘ir sanoatini quvvatlantirish uchun Rossiya gaziga tayanadi, shunga qaramay, Ukrainada urush boshlanishidan oldin Rossiyaning importdagi ulushini 55 foizdan 35 foizgacha kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Rossiyaga buning ta’siri hozircha sezilmagan bo‘lishi mumkin. Yevropa Ittifoqi gazning eng yirik xaridori bo‘lsa-da, neft va tabiiy gaz narxlarining ko‘tarilishi Rossiyaning daromadlarini oshirmoqda.
Ukrainada urush boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqining Rossiyadan qazib olinadigan yoqilg‘i importi 47 mlrd dollarga tushdi, bu 2021 yilning xuddi shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.
Yevropa kelgusi oylarda Rossiya gazidan uzoqlashar ekan, mamlakat uchun muqobil xaridorlarni topish qiyinroq bo‘ladi, chunki uning gaz eksporti asosan quvurlar orqali yetkaziladi. Boshqa yo‘nalishlarga yangi quvurlar qurish uzoq vaqt talab etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi