Foto: AP
Yaponiyada o‘tgan yili tug‘ilish ko‘rsatkichi rekord darajada past bo‘ldi. Kunchiqar yurt dunyoning eng tez qarib borayotgan mamlakati hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan barqaror Yaponiyadek davlatda odamlarning farzandli bo‘lishni xohlamasligiga sabab nima?
Yaponiyada 2021 yilda tug‘ilishlar soni rekord darajada kam bo‘ldi. Natijada aholi sonining tabiiy qisqarishi bo‘yicha ham antirekord qayd etildi.
O‘tgan yili mamlakatda 812 mingga yaqin chaqaloq tug‘ildi. Bu ko‘rsatkich 1899 yildan beri eng kam tug‘ilish bo‘ldi. Bir yillik o‘lim soni esa qariyb 1 mln 440 mingni tashkil qildi. Bu esa mamlakat aholisi o‘sish o‘rniga kamayganini anglatadi.
Mehnat bozoridagi tanqislik
Yaponiya dunyoning eng tez qariyotgan mamlakati hisoblanadi. Aholisining 30 foizini 65 yoshdan oshganlar tashkil qiladi.
Mehnatga layoqatli aholi soni kamayishi koronavirus pandemiyasi sabab yanada tezlashgan. Bu esa mehnat bozori qisqarishiga olib kelishi bilan ham xavotirli.
Foto: Reuters
Karera ustun kelyapti
Yaponiyada erkaklar asosiy diqqat-e’tiborini kasbiy muvaffaqiyatlarga qaratishmoqda. Oqibatda esa oila qurish ikkinchi darajali bo‘lib qolyapti. Shuning uchun nikohlar soni ham kamayib boryapti.
O‘tgan yili ketma-ket ikkinchi marta nikohlar soni kamayib, 501,1 mingga tushib qolgan. Nikohlar soni qisqarishi pandemiya yillariga to‘g‘ri kelmoqda. “Agar yoshlar oila qurishmasa yoki buni xohlashmasa, tug‘ilish soni kamayib boraveradi”, deydi Yapon tadqiqot instituti tahlilchisi Takumi Fujinami.
Qolaversa, oxirgi yarim asrda Yaponiyada oliy ma’lumotli ayollar soni ham oshgan. Cho‘ntakbop narxda bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan xizmatchilarni topish qiyin. Yapon jamiyatida ham ayollar erkaklarga qaraganda uy ishlariga ko‘proq mas’ul ekani haqidagi qarashlar saqlangan, shunday sharoitda ko‘plab ayollar kareraga ko‘proq e’tibor qaratish uchun onalikdan voz kechyapti.
Foto: AP
Yaponiya tug‘ilish kamayib borayotgan yagona sharq davlati emas. Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan, Singapurda ham tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqori emas. Bu yerdagi chaqaloqlar tug‘ilishi kamligiga ham oila qurish istagi yuqori emasligi, maktab ta’limi qimmatligi kabilar sabab.
“Bolani yuqori sinfda o‘qitish juda qimmat”
Yaponiyada uzoq yillardan beri o‘qituvchi sifatida ishlab kelayotgan vatandoshimiz Sohibjon Abdullayevning ham mavzu bo‘yicha fikrlariga qiziqdik.
“Kuzatishlarimga ko‘ra, Yaponiyada tug‘ilish kamayib borayotganining asosiy 2 ta sababi bor:
· Yaponlar turmush qurishni xohlashmaydi yoki juda kech turmush qurishadi. Oila qurgach ham juda kech farzandli bo‘lishadi;
· Bolalar uchun sarflanadigan xarajatlar qimmatligi.
Davlat boshlang‘ich maktablarida xarajat katta bo‘lmaydi, biroq bolalar yuqori sinfga o‘tgach ular uchun ham xuddi universitet uchun to‘lanadiganday pul to‘lashadi. Yuqori darajadagi davlat maktablari ham bor, ularga to‘lov qilinmaydi, lekin kirish qiyin”, deydi Sohibjon Abdullayev.
5 nafar farzandi bilan Yaponiyada yashayotgan Sohibjon Abdullayevdan ko‘p bolali oilalarni rag‘batlantirish uchun hukumat qanday imtiyozlar berishi haqida so‘radik.
“Chet ellik, xoh yapon oilasi bo‘lsin, oilaning daromadi oila a’zolari soniga qarab taqsimlanadi va shunga qarab imtiyoz beriladi. Masalan, davlat uylarida yashaydiganlar uchun oila a’zolari soni va daromadiga qarab ijara haqi chiqariladi. Bundan tashqari, bog‘cha va maktab to‘lovlarida ham ko‘p farzandli oilalarning bolalari uchun imtiyozlar bor.
Bundan tashqari, Yaponiyada 18 yoshgacha ota-onasining daromadi, farzandlari sonidan qat’i nazar bola puli beriladi. Bola puli 3 yoshgacha bolalar uchun 150, undan kattalarga 100 dollar atrofida bo‘ladi”, deya ma’lumot berdi vatandoshimiz.
Yechim migratsiyami?
AQSHdagi Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask yaqinda Twitter'da Yaponiyadagi demografik trendlar o‘zgarmasa, mamlakat “bora-bora yo‘q bo‘lib ketishi”ni yozdi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘ldi.
Sharhlovchilar Yaponiya yo‘q bo‘lib ketmasligini, biroq mamlakat kelajagi ko‘proq chet eldan keluvchi migrantlarga bog‘liq bo‘lib qolishi mumkinligini yozishgan.
Yaponiyaning migratsiya siyosati qattiq. Mamlakat kamdan kam hollarda qochqin maqomini beradi. Migratsiya mavzusi o‘nlab yillar davomida siyosiy tabu bo‘lib kelgan. Chet elliklar oqimi etnik bir xillik va madaniyatni susaytiradi, degan fikrlar bor.
Lekin migratsiya siyosatini yumshatuvchi qarorlar qabul qilish ham boshlangan. 2019 yilda xitoylik ishchi alohida malakaga ega bo‘lgani uchun viza olgan birinchi xorijlik sifatida qayd etilgan hamda uning rafiqasi va o‘g‘liga ham Yaponiyada yashashga ruxsat berilgan. Hozir hukumat qurilish va kemasozlikdan tashqari kadrlar yetishmayotgan boshqa sohalar uchun ham qoidalarni yumshatishni rejalashtirmoqda. Natijada ko‘proq sonli xorijliklar rezidentlik huquqini ola oladi.
Yaponiyaning uzoq muddatli prognozlari ko‘rsatilgan “yuqori o‘sish” ssenariysiga ko‘ra, o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sishni 1,24 foiz ushlab turish uchun 2040 yilga borib xorijlik ishchilar sonini 6,74 mlnga ko‘paytirishi kerak. Bu ayni paytda Yaponiyada mavjud 1,72 mln chet ellik ishchidan 300 foizga ko‘proq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas