date

Azon Global o‘z faoliyatini rasman to‘xtatdi

Azon Global o‘z faoliyatini rasman to‘xtatdi
2025 yil 15 oktyabr kuni Azon Global tahririyati mediaplatforma faoliyati to‘xtatilganini rasman e’lon qildi. Rasmiy bayonot loyiha saytida joylashtirilgan bo‘lib, unda jamoa bu qarorni “qonunga hurmat va jamiyat oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi bilan” qabul qilganini ta’kidlagan.

“Biz — Azon Global jamoasi, qonunga hurmat va itoat yuzasidan barcha media faoliyatimizni to‘xtatishga qaror qildik. Bu og‘ir, ammo vijdon, ustozimizga bo‘lgan hurmat va jamiyatga sadoqat asosida qabul qilingan qaror”, — deyiladi bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Azon Global loyihasiga nisbatan sud hukmi chiqqandan so‘ng, uning faoliyati rasman to‘xtatilgan. Jamoa bu qarorni tinchlik va sabr bilan qabul qilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 8 oktyabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi sudda Azon Global loyihasi asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ustidan sud jarayoni yakunlangan va u 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Azon Global o‘z faoliyatini rasman to‘xtatdi