date

Nestle 16 ming kishini ishdan bo‘shatdi

Nestle 16 ming kishini ishdan bo‘shatdi
Dunyoning eng yirik oziq-ovqat kompaniyalaridan biri Nestle 16 ming ishchini qisqartirishini e’lon qildi. Bu kompaniya xodimlarining 6 foizini tashkil etadi. Rahbari Filip Navratil bu qaror xarajatlarni kamaytirish va kompaniya faoliyatini soddalashtirish uchun zarurligini aytdi.

Qisqartirishlar asosan ofis xodimlari hamda ishlab chiqarish bo‘limlarida amalga oshiriladi. Dastur 2027-yil oxirigacha davom etadi. Kompaniya shu orqali mablag‘ tejashni rejalashtirmoqda.

So‘nggi oylar Nestleda rahbariyat almashinuvi kuzatildi. Sobiq rahbar Loren Freks va boshqaruv raisi Pol Bulke lavozimlarini tark etgan. Yangi rahbar Navratil Nestleni “tezroq o‘zgarishga” chaqirdi.

Nestlening so‘nggi chorakdagi savdosi 4,3 foizga oshdi. Asosiy o‘sish qahva va shirinliklar mahsulotlari hisobidan bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nestle 16 ming kishini ishdan bo‘shatdi