Madagaskarda hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar polkovnik Maykl Randrianirina boshchiligida kollegial boshqaruv organi tuzilganini e’lon qildi, deb ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Randrianirina o‘z bayonotida mamlakat konstitutsiyasi rasman bekor qilinganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Davlat islohotlari oliy sudi tashkil etilgani ham e’lon qilindi.
Yangi tashkil etilgan sud ikki yil davomida Madagaskarning konstitutsiyaviy asoslarini qayta ko‘rib chiqish, shu asosda referendum va umumxalq saylovlarini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar