date

Suriyada minglab jasadlar bo‘lgan qabristonlar sirli tarzda ko‘chirilgan

Suriyada minglab jasadlar bo‘lgan qabristonlar sirli tarzda ko‘chirilgan
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Suriyada 2019–2021 yillar oralig‘ida Bashar Asad rejimi tomonidan minglab jasadlar dafn etilgan ommaviy qabrlar maxfiy ravishda ko‘chirilgan. Bu harakat rejim tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarni yashirish maqsadida bajarilgan.

Qabrlar Damashq yaqinidagi Al-Qutoifa hududida joylashgan bo‘lib, u yerda 2012 yildan boshlab qamoqxonalar va harbiy gospitallarda halok bo‘lgan mahbuslar va askarlar dafn qilingan. Keyinroq ularning jasadlari Dumeyr shahri yaqinidagi cho‘lga ko‘chirilgan. Sputnik suratlarida bu yerda 34 ta transheya aniqlangan.

Sobiq harbiylar va haydovchilarning guvohlik berishicha, maqsad — dalillarni yo‘q qilish va qatliom izlarini yashirish bo‘lgan. Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, Asad rejimi davrida 160 mingdan ortiq inson bedarak yo‘qolgan. Ma’lumot uchun, 2024 yil 8 dekabrda Asad rejimi ag‘darilgan va Asad oilasi Rossiyadan siyosiy boshpana olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada minglab jasadlar bo‘lgan qabristonlar sirli tarzda ko‘chirilgan