AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Tramp bu qarorni Moskvani energiya daromadidan mahrum qilish yo‘lida muhim qadam deb atadi.
Hozirda Hindiston va Xitoy Rossiya neftining eng yirik xaridorlari hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi va AQSh sanksiyalaridan so‘ng Moskva neftni arzon narxda eksport qila boshlagan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, endi AQSh Xitoyni ham shunday qilishga chaqirmoqchi.
Hindiston elchixonasi bu masala bo‘yicha izoh bermadi. Rossiya hozirda Hindistonning asosiy neft yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Tramp Hindiston bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirishini aytdi. Mutaxassislar bu qaror Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!