date

AQSh sudi Trampni ishdan bo‘shatish rejasini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampni ishdan bo‘shatish rejasini to‘xtatdi
Kaliforniyadagi federal sud prezident Donald Tramp ma’muriyatining minglab davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatish rejasini vaqtincha to‘xtatdi. Bu qaror kasaba uyushmalari da’vosi asosida qabul qilindi.

Sudya Syuzan Illston hukumatdagi 30 dan ortiq idoralarda rejalashtirilgan ishdan bo‘shatishlarni to‘xtatishni buyurdi.

Oq uy avvalroq 4 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirgan edi. Tramp bu orqali hukumat xarajatlarini kamaytirishni maqsad qilganini bildirgan.

Sud ma’muriyatdan bu jarayon haqida aniq ma’lumot so‘radi. Kasaba uyushmalari esa Trampning bu qarorini qonunga zid deb hisoblamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh sudi Trampni ishdan bo‘shatish rejasini to‘xtatdi