O‘zbekistonda ilk bor xalqaro “Halol” akkreditatsiyasiga ega sertifikatlash organi faoliyatini boshladi, deb O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi xabar berdi.
Ushbu organ markaz huzurida tashkil etilgan bo‘lib, Turkiyaning “Halal Accreditation Agency” tomonidan xalqaro talablarga javob beradigan tashkilot sifatida e’tirof etilgan. Bu esa, “halol” standartlari asosida ish yurituvchi korxonalar uchun muhim bosqich hisoblanadi.
Mutaxassislarga ko‘ra, “halol” sertifikati O‘zbekiston mahsulotlarini, ayniqsa Islom mamlakatlariga eksport qilishda katta yengillik yaratadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “halol” oziq-ovqat bozori hajmi 2 trillion dollarga, “halol” turizm bozori esa 400 milliard dollarga teng.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar