date

ACWA Power rahbari: Prezident Mirziyoyevni butun dunyo hurmat qilmoqda

ACWA Power rahbari: Prezident Mirziyoyevni butun dunyo hurmat qilmoqda

«ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Prezident Shavkat Mirziyoyevning yetakchiligidagi islohotlarni yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda dunyo O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatmoqda va ulardan ilhom olmoqda.

“Prezident janoblari, butun dunyo bugun Sizni kuzatmoqda, Sizdan o‘rganmoqda. Sizning rahbarligingizda ishonchli hukumat va fidokor jamoa kechayu kunduz mehnat qilmoqda,” — dedi Abunayyan o‘z chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shunday mehnatsevarlik va mas’uliyat tufayli O‘zbekiston xalqi Prezidentni chin dildan hurmat qiladi, investorlar esa bu mamlakatni ishonchli hamkor sifatida tanlaydi.

“Shuning uchun ham xalqingiz Sizni sevmoqda, investorlaringiz va ko‘plab davlatlar Sizni hurmat qilmoqda. Dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlar O‘zbekistonga turist sifatida ham, do‘st sifatida ham, investor sifatida ham kelishni xohlaydi,” — dedi u.

Muhammad Abunayyan ta’kidicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yaratilgan ochiq va adolatli investitsiya muhiti mamlakatni jahon miqyosida ishonchli biznes markaziga aylantirgan.

Tahlilchilar fikricha, Abunayyanning bu bayonoti xalqaro miqyosda O‘zbekiston nufuzining oshganini yana bir bor tasdiqlaydi. Yangi islohotlar, faol tashqi siyosat va investitsiyaga ochiq muhit — bugungi “Yangi O‘zbekiston”ning asosiy qiyofasiga aylangan.

Shunday qilib, ACWA Power rahbarining so‘zlari nafaqat bir rahbarga ehtirom, balki butun mamlakat taraqqiyotiga berilgan xalqaro baho sifatida talqin etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » ACWA Power rahbari: Prezident Mirziyoyevni butun dunyo hurmat qilmoqda