Foto: UN
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachalet boshqarmasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi qonunbuzarliklar haqida ma’ruza e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Ma’ruza 31 avgust kuni kechqurun — Bachaletning to‘rt yillik muddati tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida chop etildi.
Hujjatda aytilishicha, Xitoy hukumati mintaqada terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida inson huquqlarining «jiddiy buzlishlari»ga yo‘l qo‘ygan. Pekinning uyg‘urlarga va boshqa musulmon xalqlariga nisbatan xatti-harakatlari insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘lib hisoblanishi mumkin, deya ma’lum qilishdi BMTda.
Ma’ruza xulosalarida aytilishicha, Xitoy aksilterrorchilik qonunchiligi inson huquqlari xalqaro standartlari nuqtai nazaridan «o‘ta muammoli» bo‘lib, hukumatga mintaqada uyg‘urlar va boshqa musulmonlarga nisbatan katta ko‘lamda asossiz repressiyalarni amalga oshirish imkonini bergan.
Uyg‘urlar uchun «kasbiy o‘qitish markazlari» (huquq himoyachilari ularni konslagerlar deb ataydi)ni qo‘llash, Xitoy hukumati da’vo qilganidek, qisqargan bo‘lsa-da, terrorizm va ekstremizm haqidagi ishlar bo‘yicha hukm qilinganlarning soni ayni vaqtda o‘sib bormoqda.
Ma’ruza mualliflari «kasbga o‘qitish markazlari»da odamlar qiynoqlar, majburiy tibbiy jarayonlar, jinsiy zo‘ravonlikka duch kelayotgani haqidagi da’volarni haqiqatnamo deb hisoblaydi. Umuman olgan, mintaqadagi musulmon aholi, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z diniy mansubligini ifodalashda cheklovlarga to‘qnash kelmoqda, shuningdek, oilani majburiy rejalashtirish va tug‘ilish darajasini cheklash bo‘yicha choralarning qo‘llanilishi evaziga, reproduktiv huquqlar buzlishiga ham uchramoqda.
Xitoy hukumati ma’ruzadagi da’volarni «Xitoy dushmanlari tomonidan to‘qib chiqarilgan dezinformatsiya va yolg‘on» deb rad etmoqda. Pekinning fikricha, hujjat Shinjonda inson huquqlari sohasidagi yutuqlarni hamda mintaqa fuqarolari terrorizm va ekstremizmdan ko‘rgan zarar»ni e’tibordan chetda qoldiradi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Shinjondagi vaziyat yuzasidan ma’ruza e’lon qilishi haqida 2021 yil dekabrdan buyon aytib kelardi. O‘shandan buyon ma’ruzani chop etish bir necha marta kechiktirilgan, buning uchun boshqarma huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilingan. Vakolatlari muddati tugashi arafasida komissar «hujjatni e’lon qilish yoki e’lon qilmaslik haqidagi talablardan iborat misli ko‘rilmagan bosim»ga duch kelgani haqida gapirib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?