date

Nyu-Dehli markazida avtomobil portlashida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Nyu-Dehli markazida avtomobil portlashida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida sodir bo‘lgan kuchli portlash butun shahar aholisini hushyorlikka soldi. NDTV telekanali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash tarixiy Qizil qal’a (Red Fort) yaqinida, aholi zich yashaydigan hududda yuz bergan.

Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga binoan, metro bekati yaqinida to‘xtab turgan avtomobilda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 24 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan. Hozirda jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga jo‘natilgan, ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Portlashning aniq sabablari hozircha ma’lum emas. Hodisa joyiga tezkor tergov guruhi, kriminalistlar hamda texnik mutaxassislar yetkazilgan. Ular jarohatlanish izlarini va portlash epimarkazini aniqlash ustida ish olib borishmoqda.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlari jadal tarzda harakatga kelgan: hodisa joyiga 25 ta o‘t o‘chirish mashinasi yuborilgan, politsiya butun hududni o‘rab olgan. Qizil qal’a yaqinida transport harakati vaqtincha to‘xtatilgan, aholi xavfsiz joylarga olib chiqilgan.

Hindiston ichki ishlar vazirligi voqea bo‘yicha maxsus tergov komissiyasi tuzilganini ma’lum qildi. Hozircha bu hujum terrorchilik harakati yoki texnogen holat bilan bog‘liqmi — bu haqda rasmiy izoh berilmagan.

Ayni vaqtda Nyu-Dehli xavfsizlik kuchlari shahardagi boshqa muhim obyektlar atrofida nazoratni kuchaytirgan. Tahlilchilarning fikricha, voqea mamlakatda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Dehli markazida avtomobil portlashida sakkiz kishi halok bo‘ldi