date

Suriya prezidenti AQShdagi tashrifini basketbol maydonidan boshladi

Suriya prezidenti AQShdagi tashrifini basketbol maydonidan boshladi

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a AQShga rasmiy tashrifini kutilmagan tarzda sport maydonidan boshladi, deb xabar berdi Oxu.Az.

Ma’lum bo‘lishicha, u AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuper va admiral Kevin Lambert bilan birgalikda basketbol o‘ynagan. “Admirallar Kuper va Lambert bilan maydonda biroz mashg‘ulot o‘tkazdik”, — deb yozdi u o‘zining Instagram sahifasida.

Ash-Shara’aning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg‘otdi — foydalanuvchilarning ayrimlari bu holatni “yumshoq diplomatiya” belgisi, boshqalar esa “siyosatdagi noodatiy boshlangan do‘stona muloqot” sifatida talqin qilmoqda.

8 noyabr kuni Ahmad ash-Shara’a AQSh poytaxti Vashingtonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif davomida u 10 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun, CENTCOM — AQSh Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi bo‘lib, Yaqin Sharqdagi strategik harbiy masalalarni muvofiqlashtiradi. Uning rahbari, admiral Bred Kuper, sentyabr oyida Damashqqa tashrif buyurgan va u yerda Suriyaning yangi rahbari bilan ilk bor uchrashgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya prezidenti AQShdagi tashrifini basketbol maydonidan boshladi