![Rossiya xomashyo koloniyasiga aylanyapti yoxud Putin Xitoyga nimalarni va’da qildi?](/uploads/posts/2023-03/1679543028_01.webp)
Rossiya Xitoyga tabiiy resurslar yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor, dedi prezident Vladimir Putin Kremlda XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan keyin.
Ukrainada urush boshlanganidan beri Putin va Si o‘rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuv bo‘lgan muzokaralar Rossiya prezidenti ta’biri bilan aytganda, “muvaffaqiyatli” bo‘ldi va “iliq, o‘rtoqlik va konstruktiv muhitda o‘tdi”.
Rossiya, Putin aytganidek, Xitoyga «uzluksiz neft yetkazib berish»ni ta’minlash, shuningdek, gaz eksportini keskin oshirish niyatida. O‘tgan yili Gazprom Xitoyga “Sila Sibiri” quvuri orqali 15 milliard kub metr gaz berishi kerak edi va 2024 yilga kelib uning quvvati yiliga rejalashtirilgan 38 milliard kub metrga yetishi kutilmoqda.
«2030 yilga kelib gaz yetkazib berishning umumiy hajmi kamida 98 milliard kub metrni, qo‘shimcha ravishda 100 million tonna suyultirilgan gazni tashkil etadi», — degan Putin. Prezident tomonidan tilga olingan hajm Rossiya 2030 yilgacha ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan barcha gazdir, deb yozadi «Interfaks». Hozir suyultirilgan gaz ishlab chiqarish uch baravar kam va 2022 yilda 32,3 million tonnani tashkil etgan.
“Rossiya biznesi Xitoy iqtisodiyotining energiya resurslariga bo‘lgan ortib borayotgan talabini amaldagi loyihalar doirasida ham, hozirda muvofiqlashtirilayotgan loyihalar doirasida ham qondirishga qodir”, - degan Putin. Ana shunday loyihalardan biri Mo‘g‘uliston hududi orqali o‘tadigan yiliga 50 milliard kub metr quvvatga ega «Sila Sibiri-2» gaz quvuridir.
7 yildan ortiq muhokama qilinayotgan loyiha «deyarli» har tomonlama kelishilgan, dedi Putin. Shuningdek, “Xitoyga go‘sht, don va boshqa toifadagi tovarlar eksportini sezilarli darajada oshirish imkoniyatlari mavjud”, deb qo‘shimcha qilgan u.
Kreml Ukraina bilan urushni davom ettirish uchun muhim deb hisoblagan yordam evaziga Xitoyga tabiiy resurslarni taklif qilmoqda, deb yozadi Financial Times Kremldagi manba xabariga tayanib. O‘tgan yili Rossiya Xitoyga neft eksportini qariyb 10 foizga, ko‘mirni 21 foizga, gazni esa 1,5 barobarga oshirib, birinchi marta uning eng yirik yetkazib beruvchisiga aylandi. Xitoy bunga javoban Rossiyaga 4,8 milliard dollarlik elektronika va mashinalarni jo‘natib, G‘arb kompaniyalarining o‘rnini egalladi.
“Mantiqan bizning to‘liq Xitoyning resurs koloniyasiga aylanayotganimizni ko‘rsatmoqda”, - deydi FT manbasi. – Bizning serverlarimiz Huawei kompaniyasiniki bo‘ladi. Xitoy gazni “Sili Sibiri” orqali oladi. 2023 yil oxiriga kelib yuan bizning asosiy savdo valyutamiz bo‘ladi”.
Sanksiyalar Rossiya-Xitoy munosabatlarining assimetrik xususiyatini yana bir bor ta’kidladi. “Rossiya endi kichik sherik bo‘lib qolganini yashirish qiyin", deb fikr bildiradi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar