Germaniyada miyani kompyuterga ulash amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi

1 daqiqa o'qish158
Germaniyada miyani kompyuterga ulash amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi

Germaniya tibbiyoti tarixida yangi sahifa ochildi. Myunxen texnika universiteti shifokorlari bo‘yindan past falaj bo‘lgan 25 yoshli yigit miyasiga elektron uzatkich o‘rnatdi, deb xabar berdi dw.com.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya besh soat davom etgan va Yevropa miqyosida bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ilk muvaffaqiyatli jarrohlik hisoblanadi. Ushbu texnologiya faqat neyroxirurgiya emas, balki sun’iy intellekt, injeneriya va biomeditsina sohalarining hamkorligida amalga oshirilgan.

Shifokorlar bemor miyasiga jami 256 ta mikroelektrodni o‘rnatishgan. Ular har kuni inson fikri bilan bog‘liq bo‘lgan neyron signallarni qayd etadi. Maxsus sun’iy intellekt tizimi bu signallarni tahlil qilib, ular orqali harakat buyruqlarini “dekodlaydi”.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, dastlabki bosqichda bemor faqat fikr kuchi orqali kompyuter kursorini harakatlantirishi va “bosish” amaliyotini bajarishi kutilmoqda. Keyinchalik esa u smartfon yoki robot qo‘lni boshqarishni o‘rganishi mumkin bo‘ladi.

Bu texnologiya inson bilan kompyuter o‘rtasidagi chegarani yanada yaqinlashtirayotgan katta ilmiy qadam sifatida baholanmoqda. Odam fikrini texnika tushuna boshlashi — bu nafaqat fan, balki insoniyat tafakkuri uchun yangi bosqichdir.

Myunxen klinikasi vakillari ta’kidlashicha, ular bu loyihadagi asosiy ilmiy raqiblarini AQSH deb hisoblaydi. Amerikada so‘nggi yillarda Ilhom Maskning “Neuralink” kompaniyasi ham shu yo‘nalishdagi tajribalarni olib bormoqda.

Yevropadagi bu amaliyot shunga o‘xshash texnologiyalarning yangi bosqichini boshlab berishi mumkin. Chunki bu faqat falaj bemorlar umidini tiklash emas, balki kelajakda inson aqlini sun’iy intellekt bilan birlashtirish imkoniyatini ham yaratadi.

Olimlar bunday tajribalarni katta ehtiyotlik bilan olib borishni ta’kidlashmoqda — chunki miya faoliyati bilan bog‘liq har bir eksperiment inson tabiatiga daxl qiladi. Shu bilan birga, ular bu texnologiya kelajakda nogiron insonlarga mustaqil hayot sari yo‘l ochishini qayd etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?