Olmaotada suvchechak bilan kasallanish keskin ko‘paymoqda

1 daqiqa o'qish186
Olmaotada suvchechak bilan kasallanish keskin ko‘paymoqda

Qozog‘istonning yirik shahri Olmaotada bolalar orasida suvchechak bilan kasallanish holatlari keskin oshmoqda, deb xabar berdi tengrinews.kz.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida kasallik bilan bog‘liq holatlar soni o‘tgan yilga nisbatan qariyb 39 foizga ko‘paygan. Bolalar shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Yerjan Seralin ma’lum qilishicha, faqat shu davr ichida 183 nafar bola statsionarga yotqizilgan. Ular orasida og‘ir asoratlar bilan kelganlar soni 40 foizga oshgan.

Mutaxassislarning aytishicha, suvchechak — bu havo orqali yuqadigan va tanada qichishish hamda pufakchalar paydo bo‘lishi bilan kechadigan virusli xastalik. Asosan bolalarni zararlaydi, ayniqsa nafas olish va asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.

1–14 oktyabr kunlari orasida 14 nafar bola jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ular orasida ikki tomonlama o‘pka yallig‘lanishi, tutqanoq va nafas yetishmovchiligi bilan og‘riganlar ham bor.

Yerjan Seralin ta’kidlashicha, ko‘plab bolalar kech davrda shifoxonaga olib kelinadi. "Aksariyat ota-onalar kasallikning 8–10-kunida murojaat qiladi. Bu vaqtda kasallik asorat berib bo‘ladi va davolash qiyin kechadi", — deydi shifokor.

Hozirgi vaqtda eng ko‘p holatlar maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda aniqlanmoqda — jami holatlarning 61,7 foizi aynan shu toifaga to‘g‘ri keladi. Suvchechakka qarshi emlash esa hali Milliy emlash taqvimiga kiritilmagan, shu sabab ko‘pchilikda immunitet faqat kasallikni boshidan kechirish orqali shakllanadi.

Olmaota shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Marat Pashimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu masala alohida muhokama qilindi. Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi rahbar o‘rinbosari Asal Qoliqova ta’kidlashicha, bolalar va o‘smirlar orasida emlash darajasini oshirish imkoniyati hali ham mavjud.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholini vaksinatsiyaga rag‘batlantirish choralarini kuchaytirish zarur. Shuningdek, ba’zi xususiy klinikalar Bepul tibbiy yordam ko‘rsatish davlat dasturidagi majburiyatlarini to‘liq bajarmayotgani ham qayd etilgan. Shu bois, ularning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi.

Muttaxassislar eslatmoqda: suvchechak yengil kasallikdek tuyulsa-da, uning asoratlari jiddiy bo‘lishi mumkin. Shu sabab, harorat, toshmalar va qizish belgilari kuzatilsa, bolani zudlik bilan shifokor ko‘rigiga olib borish tavsiya etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?