Ochiq manbalardagi suratdan foydalanildi.
Payshanba kuni rubl kursi kutilmaganda keskin quladi. Ayni paytda 1 dollar 81 rubl atrofida, yevro esa 89 rubldan oshiq. Bir kun ichida har ikki valyuta 1,5 rublga qimmatlagan. Iqtisodchilar bu holni bir necha omillarga bog‘lashmoqda.
Masalan, rublning qadrsizlanayotganiga iqtisodiy voqelik almashgani, bu yangi vaziyatda rubl qurbi Shell kompaniyasining mamlakatni tark etishi kabi yirik bitimlardan ta’sirlanishi keltirilmoqda. Xo‘sh, Rossiya vlyutasi o‘zini tiklay oladimi? BBC shu savol atrofidagi iqtisodiy mulohazalarni keltirib o‘tdi.
Yakunlanayotgan haftada dollar kursi Rossiyada 5 foizdan ziyodrog‘ga oshgan: dushanba kuni ertalab uning narxi 77 rubldan sal oshgan edi, payshanba kuniga kelib 81 rubllik marrani urdi. Yevro esa hafta ichida yanada kuchliroq – 10 rublga yoki qariyb 13 foizga qimmatlagan.
Hozir har ikki valyuta 2022 yil aprelida qancha turgan bo‘lsa, o‘sha qiymatga yetib oldi. O‘shanda boshlangan urush rubl kursini qulatgandi, keyinroq Rossiya Markaziy banki gaykalarni qotira boshladi. Tartibga soluvchi MB va import miqdorining keskin qisqarishi ruyulning mustahkalanishiga sabab bo‘ldi va u aprel oyining boshida o‘zini tiklay boshlagan edi.
Ayni paytdagi vaziyat o‘tgan yilning aprel oyida bo‘lganining g‘irt teskarisi: import oshib bormoqda, eksportdan olingan daromadlar pasaymoqda – omillarning jamuljamligi aslo rubl foydasiga emas. Bu 2022 yil yozidagi rekordlar haqida unutsa ham bo‘laveradi, degani.
Biroq mana shunday holatlarda rubl yirik bitimlari va yangiliklardan ta’sirlanishi ham mumkin. BBC tomonidan so‘ralgan iqtisodchilar va Bloomberg agentligi taxminiga ko‘ra, hafta ichida rublning qulashiga bosh sabablardan biri «Saxalin-2» loyihasidan Britaniyaning Shell neft kompaniyasi chiqib ketishi haqidagi yangiliklar bo‘lgan.
«Valyuta soyaboni»ning kamayishi
Rubl kurs joriy operatsiyalar hisobi balansiga, ya’ni, masalan savdo va moliyaviy sektor orqali tashqi dunyoda mamlakatga qancha pul kirib kelayotgani va chiqib ketayotgani o‘rtasidagi farqqa bog‘liq. Iqtisodchilar buni rub kursini aniqlashtirib beruvchi poydevor omillar deb atashadi.
Bu omillar 2022 yilning katta qismida Rossiya valyutasi foydasiga yurdi. O‘tgan yilning aksariyat oylarida rubl savdo balansi profitsiti (ortiqchaligi) tufayli mustahkam turdi: o‘shanda Rossiya joriy etilgan sanksiyalar tufayli kamroq import qilib, katta hajmdagi energiya resurslarini eksport qilishda davom etaverdi – narxlar ancha yuqori edi, neft eksporti uchun sanksiyalar yil oxiriga boribgina joriy etildi.
Qo‘polroq qilib aytganda, chetga dollar olib chiqish, chetdan biror narsa import qilish imkoniyati kamaygani sababli, Rossiyada dollar taqchilligi yuzaga kelmadi va uning narxi arzon bo‘ldi.
Dollar 50-55 rubl turgan o‘sha vaqtlardan buyon savdo balansi profitsiti kamida uch martaga kamaydi. Import ham sekin asta tiklanmoqda, G‘arb davlatlari tomonidan Rossiya nefti savdosiga cheklovlar joriy etilishi neft va gaz eksportidan daromadlar keskin qisqarishiga olib keldi. Ya’ni, endilikda chetdan dollar kelishi kamaydi, kelgani ham import mahsulot olib kirish uchun ishlatilmoqda.
«Bozor strukturasida biz o‘tgan yilgi valyuta soyaboni – yaqqol ko‘zga tashlashuvchi likvidlik profitsiti vaziyatidan savdo oqimlari bo‘yicha ancha balanslangan vaziyatga o‘tmoqdamiz», – degan «Renessans Kapital» bosh iqtisodchisi Sofiya Dones.
Urushgacha bunday vaziyatlarda rublga boshqa omillar, masalan, xorijliklarning bozordagi faolligi ta’sir ko‘rsatar edi. Hozir rubl kursiga bunday omillar deyarli ta’sir o‘tkazmaydi, bozordagi savdo hajmi ham u qadar katta emas.
«Hozir aynan kichik oqimlar va unchalik katta bo‘lmagan operatsiyalar kursga o‘z ta’sirini o‘tkazib, muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan onlardir», – deydi Sofiya Dones.
«Saxalin-2»ni tarka etgan Shell va boshqa omillar
Bloomberg agentligi rubl kursining qulashini Shell neft kompaniyasining «Saxalin-2» loyihasini tark etgani bilan bog‘lamoqda.
Bu hol shu hafta ichida ma’lum bo‘ldi. Britaniya kompaniyasi shu paytgacha loyihani hech qanaqasiga tark etolmasdan kelayotgandi – u chiqib ketishi uchun shaxsan Vladimir Putinning ruxsati kerak edi. «Kommersant’» nashrining yozishicha, kompaniya «Novatek» rahbari Leonid Mixelsonning Putinga shaxsan iltimosi tufayli ketishga ruxsat ololgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Novatek» loyihadagi ulushi bo‘yicha Shell'ga 95 milliard rubl to‘lab berishi kerak. Kompaniya dividentlarining bir qismini ham olishi mumkin.
Aftidan, mana shu narsa rubl narxiga ta’sirini o‘tkazgan «kichik oqim» bo‘lgan.
«Bozor fikriga ko‘ra, hozir Saxalin loyihalaridan chiqishga ruxsat olgan Shell uchun valyuta xarid», – deydi «Ekspert RA» bosh iqtisodchisi Anton Tabax.
Rubl yana mustahkamlanadimi?
Rubl kursining joriy darajada saqlanib qolishini kutish uchun fundamental asoslar yo‘q, deb hisoblaydi Sofiya Dones.
«Rubl o‘zini tutib tura olmasligi uchun eksport hajmi juda past bo‘lishi, neft narxi ham past bo‘lishi talab etiladi. Hozir biz aksincha, OPЕK+ning neft qazib olishni qisqartirish borasidagi qaroridan so‘ng aprel oyining oxirlaridan boshlab neft narxi juda yuqori bo‘lishini kutmoqdamiz. Shuning uchun kuchsiz rubl vaqtinchalik hodisa deb hisoblayman», – degan Dones.
Uning fikricha, rubl kursi o‘tgan yilgi darajalargacha mustahkamlanishini kutish yaramaydi. «Bu yaqin kunlarda bir dollarga 75 rubllik kursga qaytish imkoniyatimiz borligini anglatadi», – deb hisoblaydi iqtisodchi.
«Loko-Invest» kompaniyasining investitsiyalar bo‘yicha direktori Dmitriy Polevoy ham 2023 yilning ikkinchi-uchinchi choraklarida kurs 1 dollarga 75–77 rubllik qiymatlarga qaytadi, deb kutmoqda.
«Qisqa davrlarda 83, 85, hattoki 90 rubllik kurslarni ham ko‘rarmiz, biroq ular mustahkam bo‘lmaydi», – deydi Polevoy.
Anton Tabaxning prognoz qilishicha, rublning sekin-asta mustahkamlanishi aprel oyining oxirlari, may oyining boshlarida boshlanishi mumkin.
«Biz joriy yil uchun yetarli tarzda yirik koridorni ko‘rmoqdamiz. Ya’ni, shartli aytilganda, yuqorisi 80 rubl atrofida, aksi 70 rublgacha bo‘lgan va o‘rtacha 75 atrofida bo‘lgan chegara. Mana shu qiymat atrofida kurs hali juda ko‘p sakrashi mumkin», – degan iqtisodchi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar