12:06 / 06.05.2023
543

Bitta harfda farq qiladigan dahshatli atama: r(f)ashizm

Bitta harfda farq qiladigan dahshatli atama: r(f)ashizm
Bu atama birinchi marta jurnalist Nikolay Andreyev tomonidan 1990 yilda “Ogonyok” jurnalida chop etilgan “Jo‘n rashizm” maqolasida qo‘llanilgan. Andreyev talqinidagi “rashizm” asli kurd millatiga mansub tarixchi, jangavor  vatanparvarligi bilan tanilgan tarixchi-faylasuf Karem Rashning mafkuraviy qarashlariga ishora qilgan.
 
“Rashizm” atamasi 2008 yildagi Rossiya-Gruziya urushdan keyin ommaviy qo‘llanila boshlandi. Biroq, bu atama 2014 yilda Rossiya-Ukraina urushi va Qrim anneksiyasi boshlanganidan keyin xalqaro miqyosda ham yangray boshladi.
 
 “Rashizm” atamasining ilmiy yuki bo‘lmasada (buning uchun balkim ma’lum vaqt kerakdir) uning simptomlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u tajovuzkorlik, o‘zga davlatlarning hududlarini noqonuniy egallash va minglab insonlarning o‘limi bilan to‘yintirilgan tushunchadir.
 
Muhokama maydonidan huquqiy maydonga ko‘chgan “rashizm”
 
Ukraina Oliy Radasi «rashizm» atamasini qonuniylashtirdi, unga ko‘ra 281 deputat «Rossiya siyosiy rejimi tomonidan rashizm ideologiyasining qo‘llanilishi, rashizm tamoyillari va amaliyotini totalitar va g‘ayriinsoniy deb baholash va qoralash to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.
 
Rossiya tomonidan Ukrainada boshlangan urush butun dunyoga Vladimir Putin siyosiy rejimining mohiyatini «o‘tmishning eng yomon amaliyotlariga ergashadigan va zamonaviy versiyada fashizm (rashizm) va milliy sotsializm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan neo-imperial, totalitar diktatura sifatida namoyon qildi», deyiladi qarorning tushuntirish xatida.
 
“Qo‘zg‘alish nuqtasi” va “Istalmagan tamg‘a”
 
Ukraina tomonidan «rashizm» atamasiga yuridik tus berilishi, Rossiya va uning keyingi tarixi uchun salbiy mujdalarni beradi, chunki Oliy Rada Rossiyadagi rejim yuritayotgan siyosatni «rashizm» deb e’lon qilish taklifi bilan xalqaro hamjamiyatga murojaat etishni rejalashtirmoqda. Rashizm atamasi xalqaro-huquqiy aylanmaga kirar ekan uning ilmiy yuki ham shakllana boradi va u “istalmagan tamg‘a” sifatida hisoblashishni taqozo qiladi.
 
Bu yuridik pretsedent Rossiyaga nisbatan qarashlarni shakllantirishning o‘ziga xos “qo‘zg‘alish nuqtasi” vazifasini o‘tay boshlaydi.
 
Hamid Sodiq,
Azon.uz saytining siyosiy sharhlovchisi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo