date

Har yili dunyoda 10 million gektar o‘rmon yo‘qolmoqda

Har yili dunyoda 10 million gektar o‘rmon yo‘qolmoqda

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tufayli Yer yuzidagi o‘rmonlar jiddiy xavf ostida qolmoqda. Yevropa, Shimoliy Amerika, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jami 1,76 milliard gektar o‘rmon mavjud bo‘lib, bu dunyo o‘rmonlarining qariyb 40 foizini tashkil etadi.

Ayni paytda global miqyosda teskari tendensiya kuzatilmoqda — har yili taxminan 10,9 million gektar o‘rmon yo‘qolmoqda. Sabablar orasida qurg‘oqchilik, yuqori harorat, namlikning kamayishi va zararkunandalar ko‘payishi qayd etilgan.

2021-yilda o‘rmon yong‘inlari 12,6 million gektar maydonni yo‘q qilgan, yana 73 million gektar o‘rmon hasharot va kasalliklar ta’sirida zararlangan.

Mutaxassislar agar bu jarayon to‘xtamasa, o‘rmonlar uglerod yutayotgan manba emas, aksincha chiqindilar chiqaruvchi omilga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

BMT yetakchi davlatlarni o‘rmonlarni himoya qilish, yong‘inlarning oldini olish va tiklash dasturlarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Har yili dunyoda 10 million gektar o‘rmon yo‘qolmoqda