date

Filippindagi vayronkor tayfun 140 dan ortiq insonni halok qildi

Filippindagi vayronkor tayfun 140 dan ortiq insonni halok qildi

Filippinning markaziy va janubiy hududlariga yopirilgan kuchli “Kalmaegi” tayfuni mamlakat tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biriga aylandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 140 kishi halok bo‘lgan, yana 127 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy hukumat manbalariga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.

Filippin Fuqarolik mudofaasi milliy boshqarmasi rasmiy ravishda 114 nafar qurbonni tasdiqlagan bo‘lsa, Sebu viloyati hokimligi yana 28 nafar inson halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

“Associated Press”ning yozishicha, mamlakat Prezidenti Ferdinand Markos vaziyatning og‘irligi tufayli butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilgan.

Tabiiy ofat kuchli jala, dovul va ko‘p metrli to‘lqinlar bilan kelib, qirg‘oqbo‘yi aholisini katta xavf ostida qoldirgan. Qariyb 400 ming kishi xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan. Dengizdagi to‘lqinlar balandligi 4 metrgacha yetgani qayd etilmoqda. Hozir tayfun Vetnam yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Filippin har yili o‘rtacha 20 ga yaqin turli kuchdagi tayfunlarni boshdan kechiradi. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich sezilarli oshgan — yil oxirigacha yana kamida 3–5 ta yangi tayfun kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kalmaegi” tayfuni sabab 66 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hozirgi kunda qurbonlar soni ortib borayotgani va qutqaruv ishlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippindagi vayronkor tayfun 140 dan ortiq insonni halok qildi