Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaumga tadbirda tegajog‘lik qilindi

2 daqiqa o'qish387
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaumga tadbirda tegajog‘lik qilindi

Meksika poytaxti Mexikoda kutilmagan va jamoatni junbushga keltirgan voqea sodir bo‘ldi. Mamlakatning ilk ayol prezidenti Klaudiya Sheynbaum 4-noyabr kuni tarixiy markazdagi tadbirga yo‘l olayotganida, o‘tkinchi bir fuqaro uning roziligisiz yaqinlashib, quchoqlash va o‘pishga urinib ko‘rdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ko‘rilishicha, prezidentni selfiga tushish uchun to‘xtatgan odamlar orasida bir shaxs orqadan kelib, Sheynbaumning yelkasiga qo‘l qo‘ygan va uni o‘pishga hamda tanasining boshqa qismlariga teginishga harakat qilgan. Prezident uning qo‘llarini tortgan va chetga surilgan. Shu paytda prezident qo‘riqchisi vaziyatga aralashib, bezorini chetlatgan.

Hodisa ortidan Sheynbaum matbuot anjumani o‘tkazib, uning ustidan rasman shikoyat qilganini ma’lum qildi. U bu holatni nafaqat shaxsiy daxlsizlikka qarshi harakat, balki har bir ayolga nisbatan qilingan haqorat sifatida baholadi.

«Men buni faqat o‘zim uchun emas, mamlakatimdagi barcha ayollar uchun qilayapman. Agar prezidentga shunday muomala qilishsa, boshqa ayollar o‘zini qanday himoya qila oladi? Bu holat javobsiz qolmasligi kerak», – dedi Sheynbaum.

Prezident shundan so‘ng mahalliy Reforma gazetasini hodisa videolarini tarqatgani uchun tanqid qildi. Uning fikricha, OAV zo‘ravonlik holatlarini yoritishda ehtiyotkor bo‘lishi, jabrlanuvchini “qayta qurbon”ga aylantirmasligi kerak. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyat ham rasmiy bayonot berib, bu nafaqat jismoniy tegajog‘lik, balki ayollarga nisbatan hurmatsizlikning yana bir namoyishi ekanini ta’kidladi.

Oradan bir necha soat o‘tgach, Mexiko shahri fuqarolik xavfsizligi boshqarmasi tegajog‘lik qilgan 33 yoshli Uriel Rivera ismli shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, u o‘sha kuni spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan va shaharda yana ikki ayolga tegajog‘lik qilganlikda ham gumon qilinmoqda.

Klaudiya Sheynbaum – Meksika tarixidagi ilk ayol prezident bo‘lib, 2024-yil oktyabr oyida lavozimga kirishgan edi. Reuters agentligi ta’kidlashicha, ushbu voqea mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalasini yana kun tartibiga qaytardi.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Meksikada 821 nafar ayol nafrat jinoyati qurboni bo‘lgan. 2025-yil sentyabr holatiga kelib, bu raqam 501 ta femitsid holati bilan ifoda etilgan. Feminist faollar esa bu ko‘rsatkich haqiqiy vaziyatni aks ettirmasligini va davlat statistikasida raqamlar sun’iy ravishda pasaytirilganini ta’kidlashmoqda.

Shu bilan birga, prezidentga qarshi sodir etilgan tegajog‘lik voqeasi uning xavfsizlik tizimi samaradorligi haqida savollar tug‘dirdi. Sheynbaumning yaqinlari va maslahatchilari soni juda kam, u esa “men xalq orasida bo‘lishni xohlayman, chunki rahbar xalqdan uzilmasligi kerak”, deya o‘z pozitsiyasini izohladi.

Klaudiya Sheynbaumning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat bir hodisa emas, balki Meksika ayollari uchun jamiyatdagi hurmat va daxlsizlikni talab qilishning yangi nuqtasiga aylanishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?