
“Barselona” vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasidagi “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (3:3) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yosh futbolchi ushbu nufuzli musobaqadagi faoliyati davomida 13 ta samarali harakatni amalga oshirdi (7 ta gol va 6 ta golli uzatma).
Bu natija 18 yoshdan kichik futbolchilar orasida rekord ko‘rsatkich bo‘lib, fransiyalik Kilyan Mbappening yutug‘iga tenglashadi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, avval bu rekord faqat Mbappega tegishli edi, u 19 yoshga to‘lguniga qadar 13 ta golga aloqador bo‘lgan.
Agar Yamal Chempionlar ligasining joriy mavsumida yana bir gol ursa yoki golli uzatma amalga oshirsa, u mutlaq rekord o‘rnatadi. Kataloniyaliklar musobaqaning guruh bosqichidagi 5-turida 25-noyabr kuni “Chelsi” bilan safarda o‘ynashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar