date

Ilon Mask Yer iqlimni sun’iy yo‘ldoshlar orqali boshqarmoqchi

Ilon Mask Yer iqlimni sun’iy yo‘ldoshlar orqali boshqarmoqchi

SpaceX rahbari Ilon Mask insonzotni global isish oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan yangi loyihasini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, quyosh energiyasida ishlovchi va sun’iy intellekt boshqaradigan yo‘ldoshlar tizimi Yerga yetayotgan quyosh nurlari miqdorini aniq boshqarish orqali iqlim muvozanatini saqlab turishi mumkin. Bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) platformasida bayonot berdi.

Maskning fikricha, bu tizim orqali insoniyat ilmiy “geoingenering” usulini qo‘llab, atmosferadagi isish yoki sovish jarayonlarini sun’iy yo‘l bilan nazorat qilishi mumkin. U izohida “bu yo‘ldoshlar global darajada xavfli tizim emas, balki kichik va aniq tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi boshqaruv mexanizmi bo‘ladi”, deya ta’kidladi.

Ayni vaqtda SpaceX kompaniyasi orbitaga chiqarilgan 9 mingdan ortiq Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga ega. Ular asosan internet tarmog‘ini kengaytirish uchun xizmat qilsa-da, kelgusida yangi avlod yo‘ldoshlari quyosh nurlarini yo‘naltirish yoki qisman to‘sish imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Bu tashabbus ilm-fan sohasida “quyosh geoinjeneriyasi” deb ataluvchi yo‘nalish bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlarini yumshatish maqsadida quyosh nurlarining ma’lum qismi Yer atmosferasiga kirishidan oldin boshqariladi yoki filtrlanadi.

Biroq ko‘plab olimlar bunday tajriba juda xatarli ekanini ta’kidlamoqda. Ular fikricha, sun’iy ravishda quyosh radiatsiyasiga ta’sir qilish global iqlim tizimida oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Maskning g‘oyasi dunyo miqyosida qiziqish uyg‘otdi. Ayrim mutaxassislar bunday loyihalar insoniyatni kelajakdagi ekologik inqirozdan asrashga qadam bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bunday turdagi ilmiy g‘oyalar ilgari ham muhokama qilingan, ammo amalda sinovdan o‘tkazilmagan. Maskning rejasi amalga oshsa, bu iqlimni sun’iy yo‘l bilan boshqarish sohasida yangi davrni boshlab berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Yer iqlimni sun’iy yo‘ldoshlar orqali boshqarmoqchi