AQSH Kongressining razvedka qo‘mitasi raisi, respublikachi Mayk Tyornerning ta’kidlashicha, qo‘mita Kongress a’zolariga AQSHning «milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid» haqida ma’lumot bergan. OAV manbalariga ko‘ra, bu tahdid Rossiya va uning koinotda yadro qurolini joylashtirish ehtimoli bilan bog‘liq.
«Men prezident Baydendan Kongress, ma’muriyat va ittifoqchilarimiz ushbu tahdidga tayyor turishlari uchun barcha ma’lumotlarni oshkor qilishini so‘rayman», deydi Tyorner.
Shu bilan birga, rasmiylarga ko‘ra, AQSH va uning ittifoqchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita tahdid yo‘q.
Ba’zi Amerika nashrlari anonim amaldorlarning fikrlariga tayanib ma’lum qilishicha, Ukrainaga shoshilinch yordam ko‘rsatish tarafdori bo‘lgan Tyorner Vakillar palatasini ushbu yordam uchun ko‘p milliard dollar ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishga undash uchun shov-shuv ko‘targan.
AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan tahdidlarning mohiyatini izohlashdan bosh tortdi, biroq Tyornerning bayonotidan hayratda qolganini aytdi.
«Kongressmen Tyorner bugun razvedka va mudofaa bo‘yicha mutaxassislarimiz bilan rejalashtirilgan uchrashuv oldidan ommaviy bayonot berganidan biroz hayratdaman», dedi Sallivan brifingda.
Qanday tahdid?
Amerikaning CNN va ABC telekanallari hamda New York Times gazetasi, shuningdek, Reuters agentligi anonim rasmiylarga tayanib, gap koinotda yadro qurolini joylashtirishga tayyorgarlik haqida ketayotgani haqida xabar berdi.
New York Times suhbatdoshlariga ko‘ra, koinotda sun’iy yo‘ldoshga qarshi yadroviy qurollarning potensial joylashtirilishi haqida yangi razvedka ma’lumotlari mavjud.
«Ma’lumotlar jiddiy, ammo Rossiya yadroviy qurollarni hali joylashtirmagan. Shunga ko‘ra, ular Qo‘shma Shtatlar, Ukraina yoki Amerikaning Yevropadagi ittifoqchilariga bevosita tahdid solmaydi», deb yozadi New York Times.
Gazetaning suhbatdoshlariga ko‘ra, ushbu razvedka ma’lumotlari bir necha kun oldin olingan, bu juda sir saqlangan.
Shu sababli, Mayk Tyornerning bayonoti Oq uyni g‘azablantirdi: chunki Rossiya haqidagi qimmatli ma’lumot manbalarini yo‘qotish tahdidi yuzaga kelgan.
AQSH, Buyuk Britaniya va sobiq Ittifoq (Rossiya o‘zini uning huquqiy vorisi deb e’lon qilgan) 1967 yilda yadroviy va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini kosmosga joylashtirmaslikka va’da berib, tegishli bitim tuzgan edi. Keyingi yillarda unga 100 dan ortiq davlat qo‘shilgan.
Bundan tashqari, 2019 yilda BMT Bosh Assambleyasi kosmosga har qanday qurolni joylashtirmaslik to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?