date

Umrni 150 yilgacha uzaytirishga qodir tabletka yaratildi

Umrni 150 yilgacha uzaytirishga qodir tabletka yaratildi

Xitoy olimlari inson hayotini sezilarli darajada uzaytirishga qodir tabletkalar yaratish ustida ishlamoqda, deb yozadi The New York Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shenchjen shahrida joylashgan “Lonvi Biosciences” startapi qarish jarayonini sekinlashtirish va uzoq umr ko‘rish tibbiyoti bo‘yicha ilmiy tajribalar olib bormoqda. Kompaniya yaratgan yangi tabletkalarning asosiy tarkibi uzum urug‘idan olingan prosianidin C1 (PCC1) moddasidan iborat.

Olimlar sichqonlar ustidan o‘tkazgan sinovlarda qiziqarli natijalarga erishishgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu modda sichqonlar umrini o‘rtacha 9,4 foizga uzaytirgan, ularning faol hayot davri esa qariyb 64 foizga ko‘paygan.

“Lonvi Biosciences” kompaniyasi texnik direktori Lyu Sinxua ta’kidlashicha, mazkur texnologiya kelgusida insonlarga ham qo‘llanishi mumkin.
“150 yoshga etish orzusi endi ilmiy jihatdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan maqsad. Yaqin yillarda bu haqiqatga aylanishiga ishonaman”, — dedi u.

Mutahassislar fikricha, agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, mazkur tadqiqot insoniyatning qarishga qarshi kurashida yangi davrni boshlab berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umrni 150 yilgacha uzaytirishga qodir tabletka yaratildi