date

Malida mashhur TikTok blogeri qatl etildi

Malida mashhur TikTok blogeri qatl etildi

Mali shimolida faol TikTok blogeri Mariam Sisse o‘z faoliyati tufayli qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi SCMP.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tonka shahrida 90 mingdan ziyod obunachiga ega bo‘lgan yosh bloger o‘zini “jihodchi” deb atagan guruh tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va keyinroq qatl etilgan.

Mahalliy manbalar va Sissening oilasi uning o‘ldirilganini tasdiqladi. Aytilishicha, u hududdagi voqealarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rgani uchun hujumchilarning nishoniga aylangan.

Shuningdek, blogerning TikTok orqali “Mali armiyasiga ma’lumot uzatgan” degan gumon bilan ayblangani ham ma’lum qilindi.

Bu fojia mamlakatda blogerlar xavfsizligi va so‘z erkinligi masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Mahalliy fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlar va kontent yaratuvchilarni himoya qilish bo‘yicha chora ko‘rishni talab qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malida mashhur TikTok blogeri qatl etildi