Foto: AP
Oxirgi vaqtlarda Yevropaning ko‘plab davlatlarida mintaqadagi asosiy oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar bo‘lmish fermerlar o‘z hukumatlariga keskin e’tirozlarini bildirib kelmoqda. 26 fevral kuni Belgiya poytaxti Bryusselda joylashgan Yevropa Ittifoqi binosi yaqinida yirik agronamoyish bo‘lib o‘tdi.
900 ta traktor bilan «qurollangan» fermerlari Bryusseldagi Yevropa kvartalini to‘sib qo‘yishdi. Ular namoyish uchun ittifoqqa a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuv vaqtini tanladi.
Oxirgi vaqtlarda bunday namoyishlar butun Yevropa bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Xo‘sh, yevropalik fermerlar nimadan norozi bo‘lmoqda?
Yevropa dehqonlari qishloq xo‘jaligi sektori uchun beriladigan subsidiyalar bekor qilinishiga keskin qarshi. Fermerlarning aytishicha, ularning daromadlari inflyatsiya va boshqa sektordagilar daromadlariga mutanosib tarzda o‘smayapti.
Yevropa davlatlari fermerlarga uzoq yillar davomida juda ko‘p qulaylik, imtiyozlar taqdim etib keldi. Masalan, ularga dizel yonilg‘isi uchun subsidiya beriladi, har bir gektar yer uchun qo‘shimcha pul taqdim etiladi va yana ko‘plab chegirmalar beriladi.
Foto: Reuters
Ukrainadagi urush sabab mudofaa xarajatlarini keskin oshirgan Yevropa hukumatlari esa nima qilib bo‘lsa ham budjet pullarini tejash payida. Masalan, bu imtiyozlar bekor qilinishi Germaniya budjetining o‘ziga yiliga 480 million yevro tejash imkonini beradi.
Bryusseldagi namoyishlarda asosan Belgiya, Fransiya va Germaniyadan kelgan fermerlar qatnashdi. 900 ta traktor bilan «qurollangan» fermerlar erkin savdo bo‘yicha kelishuvni bekor etishni talab qilmoqda. Shuningdek, ular byurokratik to‘siqlar ko‘pligidan ham norozi. «Fermer daladan ko‘ra kompyuter oldida ko‘proq vaqt o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda», degan namoyishchilardan biri.
Bryusseldagi namoyishlarga yetib kelgan italiyalik fermerlar sariq jiket va soyabonda marsh o‘tkazishdi
Foto: AP Photo / Harry Nakos
Fransiyalik namoyishchi Morgan Odining aytishicha, Yevropa Ittifoqining neoliberal siyosati oziq-ovqat narxlari haddan tashqari tushib ketishiga olib kelmoqda. Oqibatda mahalliy fermerlarning daromadlari ham kamaymoqda. «Biz Yevropa Ittifoqidan fermerlarni qo‘llaydigan qonun qabul qilishni so‘raymiz. Bizga to‘lanadigan pullar xarajatlarimizdan ko‘proq bo‘lishi kerak. Ispaniya shunday qildi, nega qolganlar qilmasligi kerak?» degan u.
Bryuseldagi Yevropa kvartalini to‘sib qo‘ygan namoyishchilar politsiyaga suyuq go‘ng sepishdi
Foto: AP Photo / Harry Nakos
1 litr dizel uchun 21 sent subsidiya
Germaniya fermerlar traktorlarida ishlatadigan 1 litr dizel uchun 21 sentgacha subsidiya oladi. Masalan, Berlin g‘arbidagi Peter Kaym ismi fermer ming gektar maydonda fermerlik bilan shug‘ullanib, 170 ta sut beradigan sigir boqadi. Uning traktorlari bir yil davomida 120 ming litr dizel yoqadi. Fermer hozirgacha dizel uchun qilgan yillik xarajatlarining 25 ming yevrosini qaytib olgan.
Germaniyalik fermer Peter Kaym DW nashri lavhasida
Yevropa Ittifoqi mana shu subsidiyalarni asta-sekin kamaytirib, 2026 yilda butkul bekor qilmoqchi. «Biz dunyodagi eng sifatli mahsulotlarni yetishtiramiz. Nega endi ularni jahon bozoridagi narxda sota olmasligimiz kerak?» degan fermer sohadagi neoliberal siyosatni tanqid qilar ekan.
Nemis fermerlarining aytishicha, ular shundog‘am 5 yil avvalgidan kamroq subsidiya va dotatsiyalardan foydalanmoqda. Bu galgi subsidiyalar paketining bekor qilinishi esa daromadi katta bo‘lmagan fermer xo‘jaliklari yopilib ketishiga ham olib kelishi hech gap emas.
Bryuseldagi namoyishchilar Yevropa kvartalini to‘sib qo‘yish uchun shinalar yoqishdi \ Foto: Reuters
Dizel uchun subsidiyadan tashqari nemis fermerlari har bir gektar yer uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri YEI budjetidan 300 yevro subsidiya oladi. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodchi Alfons Balman esa fermerlarning namoyishlarini bo‘rttirish deb hisoblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, dizel uchun imtiyoz YEI fermerlarga taqdim etib kelayotgan subsidiyalarning atigi 5 foizini tashkil qiladi.
Fermerlar byurokratik to‘siqlardan bezor bo‘lishganini aytishmoqda \ Foto: DW
Fermerlar noroziligidan keyin nemislar hukumati bu subsidiyalarni birdan bekor qilmaslikka qaror qildi.
Yevropa fermerlari mintaqaning barcha davlatlarida dizel yonilg‘isi narxi bir xil emasligi raqobatga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi deb hisoblashadi. Nemis fermerlari noroziligida ham jon bor, chunki Yevropa Ittifoqining 20 ga yaqin davlatida dizel Germaniyadagidan arzonroq.
Bundan tashqari Ukrainadan imtiyozli tarzda kirib kelayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarni tushirib, yevropalik fermerlarning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Polshada Urkainadan olib borilayotgan don mahsulotlari to‘kib tashlanayotgani ham shu bilan bog‘liq. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi